Soliq qoʻmitasi ushbu xabarlarga rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, xarid uchun keshbek, soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berganlik uchun mukofot, soliqlar boʻyicha ortiqcha toʻlovlarni qaytarish va boshqa soliq xizmatlari, Soliq mobil ilovasi orqali Fase IDdan oʻtib amalga oshiriladi .
Ilovani esa faqat “Play Market”, “App Store” platformalardan yuklab olish va yangilab borish mumkin.
Fuqarolarni ehtiyotkor boʻlish va firibgarlarga aldanib qolmasliklari uchun ogohlikka chaqiramiz, — deyiladi xabarda.