Soliq qoʻmitasining qator axborot tizimlari va elektron soliq xizmatlari faoliyatida uzilishlar boʻladi

    2024-yil 7-dekabr soat 00:00dan 10-dekabr soat 06:00ga qadar ayrim axborot tizimlari va elektron soliq xizmatlarining ish faoliyati vaqtinchalik cheklanadi.

    Soliq qoʻmitasining katta hajmli maʼlumotlar bazasi bosqichma-bosqich yangi serverlarga migratsiya qilish jarayoni davom etmoqda, deb yozadi qoʻmita axborot xizmati.

    Shu munosabati bilan, 2024-yil 7-dekabr soat 00:00dan 10-dekabr soat 06:00ga qadar ayrim axborot tizimlari va elektron soliq xizmatlarining ish faoliyati vaqtinchalik cheklanadi.

    Xususan:

    – Elektron hisobotlar;

    – ERI;

    – EHF* (7-8-dekabr kunlari);

    – Notarial idoralari tomonidan fuqarolik holati boʻyicha maʼlumot qabul qilish;

    – korxonalarni ixtiyoriy va majburiy tugatish;

    – mahsulotlar (tovar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogi (tasnif.soliq.uz);

    – fiskal maʼlumotlar operatori bilan bogʻlanishlar;

    – elektron murojaatlar va boshqa xizmatlarda uzilishlar kuzatiladi.

    * EHF tizimi 9-10-dekabr kunlari ish faoliyatida boʻladi

    Keltirilgan noqulayliklar uchun oldindan uzr soʻraldi.