Soliq qoʻmitasining katta hajmli maʼlumotlar bazasi bosqichma-bosqich yangi serverlarga migratsiya qilish jarayoni davom etmoqda, deb yozadi qoʻmita axborot xizmati.

Shu munosabati bilan, 2024-yil 7-dekabr soat 00:00dan 10-dekabr soat 06:00ga qadar ayrim axborot tizimlari va elektron soliq xizmatlarining ish faoliyati vaqtinchalik cheklanadi.

Xususan:

– Elektron hisobotlar;

– ERI;

– EHF* (7-8-dekabr kunlari);

– Notarial idoralari tomonidan fuqarolik holati boʻyicha maʼlumot qabul qilish;

– korxonalarni ixtiyoriy va majburiy tugatish;

– mahsulotlar (tovar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogi (tasnif.soliq.uz);

– fiskal maʼlumotlar operatori bilan bogʻlanishlar;

– elektron murojaatlar va boshqa xizmatlarda uzilishlar kuzatiladi.

* EHF tizimi 9-10-dekabr kunlari ish faoliyatida boʻladi

Keltirilgan noqulayliklar uchun oldindan uzr soʻraldi.