MIB Baliqchi tuman boʻlimi tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida, “Baliqchi agroservis va integrallashgan servis markazi” MCHJga tegishli CASE 2366 rusumli don oʻrish kombayini xatlanib, auksion savdolariga chiqarilgan.
Mazkur qishloq xoʻjaligi texnikasi “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasi orqali 111 mln. 924 ming 77 soʻmga sotilib, sotishdan tushgan pul mablagʻlari qarzdor “Baliqchi agroservis va integrallashgan servis markazi” MCHJning soliq va ish haqidan boʻlgan qarzlari uchun yoʻnaltirildi.