5-noyabrgacha NKT cheklarini tahrirlash imkoniyati vaqtinchalik cheklanadi

    Katta hajmdagi maʼlumotlar yangi serverlarga migratsiya qilinmoqda, deya xabar beradi Soliq qoʻmitasi.

    Shu munosabat bilan joriy yilning 30-oktyabr soat 18:30dan 5-noyabr soat 23:59 ga qadar onlayn NKT cheklarini tahrirlash imkoniyati vaqtincha cheklanadi.

    Shuningdek, joriy yilning 31-oktyabr soat 23:00dan 5-noyabr soat 23:59ga qadar jismoniy shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan soliqlarni toʻlash, soliq hisoboti va deklaratsiyalarni taqdim etish, soliq qarzdorligi haqida maʼlumotlarni elektron tarzda olish hamda boshqa elektron xizmatlardan foydalanish vaqtincha toʻxtatiladi.