Soliqdan eng koʻp qarzdor kompaniyalar roʻyxati eʼlon qilindi

    Hududlar kesimida korxonalarning soliq qarzdorligi koʻrsatkichi Toshkent shahrida 393,1 mlrd, Andijon viloyatida 123 mlrd, Navoiy viloyatida 82,1 mlrd soʻmni tashkil etgan.

    Qurilish kompaniyalarining soliqdan qarzi 1 trln soʻmdan oshdi. Shundan 385 mlrd soʻmi 10 ta kompaniya hisobiga toʻgʻri keladi. B u haqda soliq qoʻmitasi axborot xizmati xabar berdi.

    Maʼlum qilinishicha, 2025-yil 1-avgust holatiga soliq qarzi 100 mln soʻmdan yuqori qurilish korxonalari soni 1163 tani tashkil etgan. Umumiy qarzdorlik esa 1 trln soʻmdan oshgan.

    Shundan 385,3 mlrd soʻmi, yaʼni 38 foiz soliq qarzi eng yirik boʻlgan 10 ta korxona hisobiga toʻgʻri keladi:

    • “Reliable Stroy Invest” MCHJ – 81,5 mlrd soʻm;
    • “Mohir-Quruvchi” MCHJ – 65,3 mlrd soʻm;
    • “Aziya Invest Favorit” MCHJ – 63 mlrd soʻm;
    • “PU AO UK NATEK” – 56,5 mlrd soʻm;
    • “Tamirlash Qurish Servis” MCHJ – 50,8 mlrd soʻm;
    • “Fayz Design” MCHJ – 18,5 mlrd soʻm;
    • “Oʻzneftgazquduqtaʼmirlash” AJ – 13,7 mlrd soʻm;
    • “DSK Binokor” MCHJ – 12,8 mlrd soʻm;
    • “Nova Towers” MCHJ – 12 mlrd soʻm;
    • “Neftgazmontaj” MCHJ – 11,2 mlrd soʻm.

    Hududlar kesimida korxonalarning soliq qarzdorligi koʻrsatkichi Toshkent shahrida 393,1 mlrd soʻmni, Andijon viloyatida 123 mlrd soʻmni, Navoiy viloyatida 82,1 mlrd soʻmni tashkil etgan.