Qurilish kompaniyalarining soliqdan qarzi 1 trln soʻmdan oshdi. Shundan 385 mlrd soʻmi 10 ta kompaniya hisobiga toʻgʻri keladi. B u haqda soliq qoʻmitasi axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, 2025-yil 1-avgust holatiga soliq qarzi 100 mln soʻmdan yuqori qurilish korxonalari soni 1163 tani tashkil etgan. Umumiy qarzdorlik esa 1 trln soʻmdan oshgan.

Shundan 385,3 mlrd soʻmi, yaʼni 38 foiz soliq qarzi eng yirik boʻlgan 10 ta korxona hisobiga toʻgʻri keladi:

  • “Reliable Stroy Invest” MCHJ – 81,5 mlrd soʻm;
  • “Mohir-Quruvchi” MCHJ – 65,3 mlrd soʻm;
  • “Aziya Invest Favorit” MCHJ – 63 mlrd soʻm;
  • “PU AO UK NATEK” – 56,5 mlrd soʻm;
  • “Tamirlash Qurish Servis” MCHJ – 50,8 mlrd soʻm;
  • “Fayz Design” MCHJ – 18,5 mlrd soʻm;
  • “Oʻzneftgazquduqtaʼmirlash” AJ – 13,7 mlrd soʻm;
  • “DSK Binokor” MCHJ – 12,8 mlrd soʻm;
  • “Nova Towers” MCHJ – 12 mlrd soʻm;
  • “Neftgazmontaj” MCHJ – 11,2 mlrd soʻm.

Hududlar kesimida korxonalarning soliq qarzdorligi koʻrsatkichi Toshkent shahrida 393,1 mlrd soʻmni, Andijon viloyatida 123 mlrd soʻmni, Navoiy viloyatida 82,1 mlrd soʻmni tashkil etgan.