Uning aytishicha, taxminan 6,5 million odam oziq-ovqat tanqisligining o‘tkir shakliga duch kelishi mumkin.
Somaliga tashrifi davomida Konvey hukumat amaldorlari, BMT jamoasi va gumanitar tashkilotlar bilan uchrashdi.
U mamlakatdagi vaziyat qanchalik jiddiyligini ko‘rish uchun turli mintaqalarga borganini aytdi. Konveyning so‘zlariga ko‘ra, qurg‘oqchilik tufayli yuzaga kelgan ochlik va to‘yib ovqatlanmaslik inqirozi tobora yomonlashib bormoqda.
U shuningdek, Somali so‘nggi uch yil davomida kam yog‘ingarchilik oqibatlarini boshdan kechirayotganini ta’kidladi. Ba’zi mintaqalarda yomg‘ir yog‘ishi umid baxsh etgan bo‘lsa-da, gumanitar vaziyatni sezilarli darajada yaxshilamadi.
Hozirda mamlakatda taxminan 6,5 million kishi, jumladan, taxminan 2 million kishi ochlikdan aziyat chekayotgani sababli, og‘ir yoki juda og‘ir oziq-ovqat yetishmovchiligiga duch kelgan, deb xabar berdi kazinform.