Bill Geytsning aytishicha, keyingi 5 yil ichida sunʼiy intellekt bizning kompyuterlar bilan o‘zaro munosabatimizni tubdan o‘zgartiradi.
U mustaqil ilovalar o‘rniga oddiy tilda so‘rovlarni qayta ishlashga qodir sunʼiy intellekt agentlar xizmatlarini taklif qiladi. Bu esa dasturiy taʼminot sanoatida inqilob hisoblanadi.
Uning taʼkidlashicha, agentlar foydalanuvchini shaxs sifatida tan oladi va uning ehtiyojlarini bashorat qilish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Sunʼiy intellekt sog‘liqni saqlash (tashxis va davolash), taʼlim (maʼlumot berish, tekshirish va baholash), biznes boshqaruvi va boshqa sohalarga ijobiy taʼsir ko‘rsatdi.
Umuman olganda, Bill Geytsning fikriga ko‘ra, kelgusida sunʼiy intellekt hayotimizning har bir jabhasining ajralmas qismiga aylanadi.









