Kecha Osiyo Chempionlar ligasida 6-tur oʻyinlari boʻlib oʻtdi. D guruhida keyingi bosqichga chiqish imkoniyatini yoʻqotgan “Paxtakor” mezbon “At Taʼavun” bilan uchrashdi. Gollarga boy bahsda toshkentliklar 5:4 hisobida gʻolib chiqishdi.
Shuni taʼkidlash lozimki, asosan yosh futbolchilar bilan oʻynagan “Paxtakor”dan Abbos Fayzullayev, Aziz Turgʻunboyev, Sardor Sobirxoʻjayev, Mirjahon Mirahmadov va Abbos Ergashboyev toʻp kiritishib, jamoasi gʻalabasini taʼminlashdi.
Guruhda 15 ochko toʻplagan “Ad Duhayl” pley-offga yoʻl oldi. 7 ochko bilan ikkinchi va uchinchi oʻrinni egallagan “Sepohon” va “At Taʼavun” OCHLni tark etdi.