Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Prezidentimizning alohida eʼtibori tufayli soʻnggi yillarda Soʻx tumanida ulkan oʻzgarishlar va yangilanishlar roʻy berayotganini taʼkidladi.
Tojikiston mustaqil kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Maliksho Neʼmatzoda ikki mamlakat yetakchilarining yuksak siyosiy irodasi natijasida oʻzbek va tojik xalqlari oʻrtasidagi azaliy doʻstlik va qardoshlik rishtalari yangi bosqichga koʻtarilganini qayd etib, birgalikdagi konsert dasturi ham oʻzaro munosabatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qilishini bildirdi.
Tadbirda Ozodbek Nazarbekov, Joʻrabek Murodov, Gʻulomjon Yoqubov, Yodgor Saʼdiyev, Abduhoshim Ismoilov, Zulayho Boyxonova, Mardon Mavlonov, Asliddin Doʻstov, Milena Madmusayeva, Muhsinbek Moʻminov, Valijon Qodirov, Akmal Sadixonov kabi Oʻzbekiston va Tojikistonning taniqli sanʼatkorlari ijrosida Ona Vatanni, insoniylik va mehr-oqibatni tarannum etuvchi kuy-qoʻshiqlar yangradi. Oʻzbekiston xalq shoirlari Mahmud Toir hamda Iqbol Mirzo tomonidan sheʼrlar oʻqildi.
Umuman aytganda, tadbir barchada katta taassurot qoldirdi, deb xabar bermoqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati.