Fargʻona viloyati Rishton tumanida yashovchi fuqaro A.A., ariza bilan murojaat qilib, telegram messenjerida Agrobank bosh ofisi nomli akkaunt foydalanuvchisi, oʻzini bank xodimi deb tanishtirib, "Agrobankdan yilllik 27 % 10.000.000 soʻm miqdorida kredit chiqarib berishni aytib, aldab 2 ta bank kartasi maʼlumotlarini olib, undagi jami 12.400.000 soʻm pullarni oʻzlashtirib, gʻoyib boʻlganligini maʼlum qilgan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, pullarni talon-toroj qilgan shaxs, Toshkent viloyati, Angren shahrida yashovchi, 1997-y.t., K.D. ekanligi aniqlangan. K.D. pullarni olib, onlayn qimor oʻyinlariga sarflab yuborganligi maʼlum boʻldi. K.D.ga nisbatan OʻzR. JKning 169-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilgan.