Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sharof Rashidov tuman boʻlimi tomonidan fuqarolarning murojaatlariga asosan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro Sh.A. va boshqalar “J.I.” MCHJda ishlamagan 59 nafar fuqaro nomiga soxta hujjatlarni rasmiylashtirish orqali bank muassasasidan jami 1,6 mlrd soʻm mikroqarz olishga erishib, ushbu mablagʻlarni firibgarlik yoʻli bilan oʻzlashtirganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.