Tadbirda fuqaro S.X. boshqa fuqaro Sh.ning ishonchiga kirib, unga tanishlari yordamida Qozogʻiston Respublikasidagi universitetlardan birida 3 yil oʻqiganligi toʻgʻrisida soxta hujjatlar tayyorlab berish orqali Samarqand davlat universiteti “Iqtisod” fakultetining 2-bosqichiga oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 2 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.