Joriy yilning 2-aprel kuni soat 09:30 larda Margʻilon shahrida joylashgan Biznesni rivojlantirish bankida xizmat vazifasini oʻtayotgan Qoʻriqlash boʻlimi xodimlarining sergakligi tufayli Qoʻriqlash boshqarmasining dala kiyimida bank binosi ichida yurgan notanish shaxs qoʻlga olindi.
Olib borilgan dastlabki surishtiruv ishlari davomida, oʻzini Qoʻriqlash xizmati xodimiman deb yurgan ushbu shaxs, aslida Margʻilon shahar Yangi hayot mahallasida yashovchi 20 yoshli fuqaro Sh. X., ekanligi aniqlangan. Ushbu fuqaro Margʻilon shahar IIB masʼul xodimlariga topshirilib, harbiy kiyim-kechaklari va boshqa anjomlari olib qoʻyilgan.