Maʼlum qilinishicha, Avval norasmiy ishlab kelgan yarim mln nafardan ortiq fuqaro (576,1 ming) yoʻlovchi tashish sohasida oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida rasman roʻyxatdan oʻtgan. Ulardan 361 ming nafardan ziyodi agregatorlar orqali xizmat koʻrsatadi, bu mart oyidagi koʻrsatkichlarga nisbatan 2 barobar koʻp.
Soliq qoʻmitasi iqtisodiyotning ushbu tarmogʻini legallashtirish boʻyicha salmoqli natijalarga erishdi.
Aprel oyida 6 ta taksi agregatori soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilindi. Bugungi kunda integratsiyani yakunlagan agregatorlar soni 142 tani tashkil etmoqda.
Yil boshidan 15-avgustgacha agregatorlar orqali 166 mln.dan ortiq qatnov uchun 3 trln soʻmlik fiskal chek berildi.
1-mart holatiga (18,3 mln qatnov) taqqoslaganda qatnovlar soni 9 barobarga ortgan.
Toʻlovlarni fiskallashtirish oʻzini oʻzi band qilgan haydovchilarning daromadlari haqida maʼlumot olish imkonini beradi. Ularning daromadi quyidagicha taqsimlangan:
125,6 ming nafari 1 mln soʻmgacha;
104 ming nafari – 1-5 mln soʻm;
45,3 ming nafari – 5-10 mln soʻm;
78 ming nafari – 10-50 mln soʻm;
7,6 ming nafari – 50-100 mln soʻm.
171 nafar haydovchining daromadi 100 mln soʻmdan oshgan.