Kecha, soat 14:30 da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining Tezkor boshqaruv markaziga shu haqda tashvishli xabar kelib tushadi.

Zudlik bilan aytilgan manzilga Chimyon yongʻin-qutqaruv otryadi qutqaruvchilari yetib borib, qidiruv-qutqaruv ishlarini amalga oshirgan. Qutqaruvchilarning saʼy harakatlari natijasida soyda qolib ketgan fuqaro qutqarib qolingan va sogʻ-salomat pastga olib tushilgan.