“Soʻzana va kashta” milliy hunarmandchilik sanʼati festivali

    Navoiy viloyatining Nurota tumanidagi istirohat bogʻida “Soʻzana va kashta” milliy hunarmandchilik sanʼati festivali tashkil etildi

    Festivalning tantanali qismida Navoiy viloyati hokimi oʻrinbosari Sadulla Mirzayev vaNurota tumani hokimi Azamat Fayziyevlar festival ishtirokchilarini qizgʻin tabrikladi.

    Shuningdek, festivalda eng yaxshi ishtirokchi (hunarmandlar) deb topilgan qatnashchilarga diplom, esdalik sovgʻalarini tantanali ravishda topshirdilar.

    Milliy qadriyat va anʼanalarimizni oʻzida mujassam etgan “Soʻzana va kashta” milliy hunarmandchilik sanʼati festivalida ishtirokchilar “Eng yaxshi Soʻzana va kashtachi”, “Eng yaxshi Soʻzana va kashtachi maktabi ustasi”, “Soʻzana va kashtachilik boʻyicha qadimiy sulola davomchisi”, “Qadimiy anʼanalarni qayta tiklagan Soʻzana va kashtachi”, “Eng yosh mahoratli Soʻzana va kashtachi” nominatsiyalari asosida taqdirlanishdi.

    Festivalining yakuniy qismida gala-konsert dasturi boʻlib, unda Nurota tumani “Nurjahon” folklor jamoasi tomonidan sahnalashtirilgan dastur hamda Oʻzbekiston Davlat filarmoniyasi Navoiy viloyati boʻlinmasining bir guruh xonandalari tomonidan diltortar ashulalar ijro etildi.