Uchrashuvda taʼkidlanganidek, SpaceX bugungi kunda dunyoning koʻplab mamlakatlarida yirik loyihalarni amalga oshirib kelyapti. Kompaniya vakili Oʻzbekistonda ham shunday loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirdi.

Shu bilan birga, AKT vazirligi tomonidan oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish maqsadida, kompaniya vakiliga Oʻzbekistonda oʻz vakolatxonasini ochish boʻyicha takliflar berildi.

Muloqotda tomonlarni qiziqtirgan savollar yuzasidan atroflicha fikrlar almashildi, deb xabar beradi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari vazirligi matbuot xizmati.