Falcon 9 raketa-tashuvchisi Odysseus bilan birga Kanaveral burnidagi kosmodromdan (Florida shtati) havoga ko'tarildi.

Qurilmaning Oyning janubiy qutbiga qo'nishi 22-fevral kuniga rejalashtirilgan. Odysseus Yerning tabiiy yo'ldoshiga qo'nadigan tarixdagi birinchi xususiy fazoviy kemaga aylanadi.

Qo'nish modulining umumiy og'irligi 675 kilogrammni tashkil qiladi. Odysseus bortiga 12 ta yuk joylangan. Ulardan oltitasi, jumladan lazer reflektori va radio asboblari NASAga, qolganlari turli xususiy buyutmachilarga tegishli, deb xabar beradi korrespondent.net.