Dastur o'tgan yili SpaceX  tomonidan muvaffaqiyatli ishga tushirilgan Inspiration 4  fuqarolik missiyasining asoschisi va bosh direktori, milliarder Jared Ayzekman tomonidan ilgari surilgan.

“Dastur yangi texnologiyalarni namoyish etadigan, keng qamrovli tadqiqotlar olib boradigan va bortida odamlar bo'lgan SpaceX kosmik kemasining birinchi parvozi bilan yakunlanadigan uchta kosmik parvozdan iborat bo'ladi”, — deyiladi kompaniya saytida berilgan bayonotda. Ushbu kampaniyaning birinchi missiyasi Polaris Dawn deb nomlanadi va 2022-yil oxirida ishga tushiriladi.  Ayzekman yana missiyaga rahbarlik qiladi. U bilan missiya uchuvchisi Skott Kidd Poti, mutaxassis Sara Gillis va missiya mutaxassisi va shifokor sifatida Anna Menon birga bo'ladi.

Bundan tashqari, missiya Kennedi kosmik markazidan Falcon 9 raketasida uchiriladigan SpaceX Dragon ekipaj kapsulasidan foydalanadi.

“Еkipaj Dragon va  Polaris Dawn orbitada 5 kungacha bo'ladi, bu vaqt davomida ular birinchi marta tijoriy parvozni amalga oshirishga urinadi. Erda va kelajakda ko'zda tutilayotgan kosmik parvozlarda inson salomatligini ta'minlashga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar olib boriladi. Starlink lazer aloqasini fazoda sinovdan o'tkazgan birinchi ekipaj bo'lib, kelgusida Oy va Marsga yuboriladigan missiyalar uchun zarur bo'ladigan kosmik aloqa tizimlari haqida qimmatli ma'lumotlarni taqdim etadi”, — deyiladi kompaniya xabarida.