Unda 464 ta sport muassasalarida jami 27 mlrd. soʻm zarar aniqlanib, uning 10 mlrd. soʻmi undirildi.

Byudjet mablagʻlari turli yoʻllar bilan talon - toroj qilingan.

1. Hududiy sport muassasalari tomonidan 20 ta holatda 8 mlrd. soʻmlik mablagʻlar ish haqi va boshqa toʻlovlar sifatida oʻzlashtirib olingan.

Misol uchun, Fargʻona olimpiya zaxiralari kolleji bosh hisobchisi jami 4,3 mlrd. soʻm mablagʻni oʻziga ish haqi sifatida olib, talon – taroj qilgan.

2. Sport muassasalarini qurish - taʼmirlash ishlarida 25 ta holatda 10 mlrd. soʻm byudjet mablagʻlari oʻzlashtirilgan.

3. Sport - taʼlim muassasalarini joriy taʼmirlash uchun oʻtkazilgan tanlovlarda 72 ta korrupsiyaviy holatlarga yoʻl qoʻyilgan.

Masalan, Buxoro olimpiya zaxiralari kollejini joriy taʼmirlash uchun tanlovda taʼsischisi B.Q. boʻlgan 4 ta korxona qatnashib, ularning bittasi gʻolib deb topilgan.

4. Sport jihozlari 8 ta holatda 4,2 mlrd. soʻmga qimmat narxlarda sotib olinib, mablagʻlari talon - toroj qilingan.

5. Oʻtkazilmagan oʻquv mashgʻulot yigʻinlari oʻtkazilganligi haqida 10 ta holatda hujjatlar soxtalashtirilib, 4,3 mlrd. soʻm mablagʻ oʻzlashtirilgan.

Qonun buzilishi holatlari yuzasidan 1 150 ta prokuror nazorati hujjatlari qoʻllanildi, 431 nafar shaxsning buzilgan huquqi tiklandi hamda 66 ta jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.