Yurtimiz sportining dovrug'i butun dunyoga taralayotgani barchamizni birdek quvontirgani kabi, sport tadbirlarini sharhlovchilarning kamligi (ayniqsa, futbol ishqibozlari tomonidan) ko'pchilikni o'ylantirar edi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 19 noyabrda qabul qilingan “Aholining sog'lom turmush tarzini qo'llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi 735-son qarori jamiyatda sog'lom turmush tarzini qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish yuzasidan chora-tadbirlar belgilangan. Hukumat qaroriga muvofiq, 2021/2022 o'quv yilidan boshlab ekstremal sport va sport turizmi bo'yicha kadrlar tayyorlash maqsadida Jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda uning filiallarida alohida kafedra ochiladi.
Shuningdek, “Sport tadbirlarini sharhlovchi”, “Yirik sport tadbirlarini tashkillashtirish (promouter)” hamda “Ommaviy sportni rivojlantirish va sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish” bo'yicha magistratura mutaxassisliklariga qabul boshlanadi.
O'ylaymizki, bu bilan sport sohasidagi yutuqlarimizni jahon miqyosida yaqqol ko'rsatish, sog'lom turmush sari intilayotganimizni keng targib qilish yanada jadal tus oladi. “Sport tadbirlarini sharhlovchi” kelgusi o'quv yilidan magistraturada sport sohasida yangi mutaxassisliklarga qabul boshlanadi.
Munojat Mo'minova