2021-yil 1-yanvardan barcha davlat organlari va tashkilotlarida sogʻlom turmush tarzi va ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida jamoada faoliyat yuritayotgan xodimga “Sport targʻibotchisi” qoʻshimcha vazifasini yuklash va uning bazaviy lavozim maoshiga 20 foiz miqdorida ustama belgilash yoʻlga qoʻyilgan.
Belgilangan bunday ustama pullari esa Oltinkoʻl tumanidagi maktablardan birida ishlovchi xodimga 6 oy davomida toʻlanmagan.
Oʻz huquqlarini tiklash maqsadida sudga yuzlangan fuqaro D.A. ustama pullari toʻlab berilishini soʻragan.
Sud hujjatining ijrosini taʼminlash, fuqaroning buzilgan huquqlarini tiklash maqsadida Byuroning Oltinkoʻl tuman boʻlimi xodimlari qarzdorlikni undirish boʻyicha taʼlim muassasasi vakillarini ogohlantirdi. Biroq yarim milliarddan ziyod soliq qarzi ham boʻlgan taʼlim muassasasi xodimning 4,9 mln soʻm ustama pullarini toʻlab bera olmadi.
Shu sababli, qarzdor muassasaga tegishli “Damas” avtomashinasi auksion orqali sotilib, sotuvdan tushgan mablagʻlardan “sport targʻibotchisi”ga ustama pullari undirib berildi. Mablagʻning qolgan qismi soliq qarzlari uchun yoʻnaltirildi.