Eʼtiborlisi, ushbu turnirda ishtirok etgan yurtdoshlarimiz umumjamoa hisobida 2-oʻrinni qoʻlga kiritdi.
Sportni rivojlantirish vazirligi xabariga koʻra, “Bayantau” sport majmuasida boʻlib oʻtgan qitʼa birinchiligida mezbonlardan tashqari Hindiston, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston, Turkmaniston, Eron hamda Gongkongdan 170 nafardan ziyod sportchi gʻoliblik uchun oʻzaro bahs olib bordi.
4 yosh toifasida, ikki turdagi mashq yoʻnalishi – dinamika va muvozanatni saqlash boʻyicha oʻtkazilgan musobaqalarda Oʻzbekiston vakillari 4 ta oltin hamda 8 ta bronza medalini qoʻlga kiritdi.