Gamalei markazi tomonidan yaratilgan Sputnik V vaksinasi bilan shu kunga qadar 200 mingdan ortiq odam emlandi. Birinchi bosqichda – shifokorlar, oʻqituvchilar va ijtimoiy soha vakillari.Emlash kampaniyasi markaz va hududlarlar baravariga boshlandi.Bugungi kunda koʻpchillikni bir savol qiziqtirmoqda, Qanday yoʻl bilan immunitet orttirgan maʼqul - vaksina olish yoʻli bilanmi yoki COVIDga chalinish orqali?

Oʻtkazilgan soʻrovlarga koʻra, rossiyaliklarning barchasi ham koronavirusga qarshi emlanish tarafdori emas. Soʻrov natijalariga koʻra vaksina olishga Rossiyaning 42 % aholisi rozi boʻlgan.

“Sputnik V” vaksinasi nimadan iborat?

Vaksina ikki turdagi genomi oʻzgartirilgan “ad26” va “ad5” - odam adenovirusidan tashkil topgan.

Odatda adenovirus odamda OʻRVI yoki angina kassaligi keltirib chiqaradi. Virusdan vaksina yasash uchun olimlar uning koʻpayish funksiyasini yoʻq qilishadi. Shundan soʻng virus kletkaga kirish qobiliyatini saqlab qoladi, lekin koʻpayib ketmaydi, yaʼni kerakli “posilkani” manzilga yetkazuvchi xavfsiz vektorga aylanadi.

“Posilka” esa SARS-CoV-2ning spayk-oqsili haqida maʼlumotdan iborat. Zararsizlantirilgan virus hujayra ichiga kirganidan soʻng ushbu spayk oqsilni ishlab chiqara boshlaydi. Odam organizmi esa notanish oqsilni yoʻq qiladi, lekin uning koʻrinishini yaxshilab “tanib” qoladi. Yaʼni immunitet paydo boʻladi.

Vaksinada biror xavfli narsa bormi?

Yoʻq, hatto tirik adenovirus ham odamda unchalik kuchli shamollashga olib kelmaydi. Undan foydalanishnigng ustuvor tomoni shundaki – uning katta DNK-genomi bor va shu sababli uni zararsizlantirish oson. Shu sababdan ham ular oʻz genlarini odam genlariga qoʻshib yubrmaydi va mutatsiya yuz bermaydi.

Vaksina ichida koronavirus bormi?

Adenovirus vektorlarida SARS-CoV-2 virusi yoʻq.

Vaksina tarkibida uning koronavirus nukleotidlar tizimi bor. Unda koronavirus tikanidagi spayk-oqsilning sintezi bor xolos. Virus ushbu oqsil yordamida hujayraga kirib oladi. Faqatgina ushbu oqsilning oʻzi inson hujayrasiga kirganidan soʻng organizmda immunitet reaksiyasini uygʻotishi mumkin. Lekin kasallikka olib kelishi mumkin emas.

Emlash qanday amalga oshiriladi ? Bu ogʻriydimi?

Aksaariyat vaksilarlar kabi shpris yordamida qoʻlga ukol qilinadi. Ukol qilingan joy biroz ogʻrishi mumkin. Kamdan-kam holatlarda qizarish va qichish seziladi, lekin bu tez oʻtib ketadi, davolash talab qilmaydi. “Sputnik V” ikki bosqichda kiritiladi. Dastlab odam 26 serotipli adenovirus vektorini oladi, 21 kun oʻtib esa – 5 serotipga asoslangan ikkinchi doza olinadi. Ana shunday tartib atalayb joriy etilgan boʻlib, u odamda kafolatlangan ravishda immunitet paydo boʻlishiga olib keladi. Ikki bosqichli emlash tizimi dunyoda keng tarqalgan boʻlib, juda samarali uslub hisoblanadi.

Vaksinaning asoratlari qanday boʻladi?

Vaksina sinovlarining birinchi bosqichi yakuniga asoslangan Lancet jurnalida chop etilgan maqolada, Gamaleya markazi olimlari ukol qilingan joy ogʻrishi, tana harorati oshishi, bosh ogʻrigʻi, va mushaklar qaqshashi haqida aytib berishgan. Tana harorati 37-38,4 gradus, maksimum — 38,5-38,9 gradusgacha oshishi mumkin.

Birinchi va ikkinchi bosqich sinovlari 120 nafar 18-60 yoshli sogʻlom kishilarda oʻtkazilgan edi. Ularning barchasida salbiy taʼsir juda kam sezilgan, hech qanday jiddiy muammo kuzatilmagan. Shundan soʻng vakins roʻyxatga olingan. Ayni damda esa 40 mingdan ortiq koʻngillilarda vaksina taʼsiri kuzatib kelinmoqda.

Gam-KOVID-Vak-2020 yoʻriqnomasida aytilishiga koʻra, 5,7 % kishilarda tana harorati oshishi, qaqshoq va bosh ogʻrigʻi, 10% - holsizlanish kuzatilishi aytib oʻtilgan. Lekin bularning barchasi 1-3 kun ichida tugaydi.

COVID-19 boʻlib oʻtgan kishilar emlanishi mumkinmi?

Koronavirusga chalinib oʻtgan kishilarga vaksina qanday taʼsir qilishini hech kim bilmaydi. Bunday izlanishlar oʻtkazilmagan.

Sogʻlom fikrga quloq tutganda – bunday kishilarda tabiiy immunitet paydo boʻlishi kerak. Lekin u qancha vaqtgacha saqlanib qolishi nomaʼlum. Kam uchraydigan qayta zararlanish holatlarini hisobga olganda - bir necha oy yoki yarim yil. Demak ushbu davr mobaynida vaksina olmay turish kerak. Bahorda kasal boʻlib tuzalganlarda jsa immunitet ancha susayib qolgan boʻlishi mumkin.

Profilaktika tibbiyoti markazi (NMIS) direktori Oksana Drapkina aytishiga koʻra, koronavirus boʻlib tuzalganlar vaksina olishi shart emas. Ularning kasal boʻlib tuzalganini qondagi G klass antitanachalar darajasi balandligidan bilib olsa boʻladi. Ushbu qon analizni mustaqil ravishda topshirish mumkin.

Vaksinatsiyadan soʻng maska taqib yurish kerakmi?

Albatta. Koronavirusga qarshi immunitet vaksinaning ikkinchi dozasi olinganidan soʻng 3 hafta oʻtib paydo boʻladi. Ushbu davr mobaynidan odam toʻliq himoyalanmagan. Shu sababli profilaktika chorasini koʻrish kerak. Undan tashqari, butun Rossiya hududida maska taqib yurish tartibi hozircha bekor qilingani yoʻq. Emlanganmi yoʻqmi - maska barcha uchun majburiy.

Ayrim OAVlar vaksinatsiyadan soʻng kasal boʻlib qolganlar haqida gapirmoqda

Bunday holatlar boʻlishi mumkin. Bunda asl sabab nimada ekanini aniqlash kerak. Vaksina tarkibida COVID-19 virus yoʻq. Shuning uchun vaksina COVID-19 sabab boʻlishi mumkin emas. Vaksina olgan kishida COVID aniqlansa, demak u emlashdan yuqtirib olgan boʻlgan, lekin simptomlari boʻlmagani uchun buni bilmagan. Agar infeksiya yaqinda tushgan boʻlsa test buni koʻrsatmasligi mumkin.

“Sputnik V” vaksinasining samaradorligi — 91,4 %. Gamalei nomidagi markaz direktor Aleksandr Ginsburgning soʻzariga koʻra - 96%. Yaʼni vaksina olganlarning faqat 4 % kasallikka chalinishi mumkin. Olim aytishiga koʻra ana shu toʻrt foizga tushib qolganlarda ham kasallik juda yengil kechali, virus oʻpkagacha yetib bormaydi.

Vaksina olish oʻrniga COVID-19 ga chalinib keyin tuzalsa yaxshi emasmi?

Emlash haqidagi qarorni har bir kishi shaxsan yoki shifokor bilan maslahatlashgan holda qabul qiladi. Agar sogʻliqda vaksina olishga yoʻl qoʻymaydigan biror xavf boʻlmasa qaror qabul qilishda barcha tomonini oʻylab koʻrish kerak.

Vaksina yubilan xavf kamroq, COVID-19ga chalinib immunitet orttirish – xavfliroq. Yana bir narsa – aynan vaksinadan soʻng kuchliroq immunitet paydo boʻlishini shifokorlar bir necha bor aytishdi.

Statistik oʻrganish modellariga koʻra, Yer shari aholisining kamida 22 foizida COVID-19ning ogʻir shakliga olib keluvchi hech boʻlmasa 1ta kasallik bor. Lekin yening yengil shakli ham organizmga kuchli zarba beradi. Ayni kasallanganlarda uzun “kovid dumi ” — kasallikning noxush oqibatlari kuzatilmoqda. Ushbu oqibatlarning uzoq muddatdagi taʼsiri ham oʻrganilmagan. Ustiga ustak 2 hafta davomida mehnatga layoqatini yoʻqotishni ham hisobga olish kerak. Oila aʼzolariga kasallik yuqtirish ehtimoli, ayniqsa katta yoshdagilarga. Bularning hammasi vaksina faydasiga ovoz berishni yoqlaydi.