“Sputnik V” vaksinasi bilan emlanganlarning koʻpchiligi ishtirokidagi sinovda ushbu kasallikka duch kelganda ogʻirlashib qolish holatlari yuz bermadi. Oʻlim holatlarini gapirmasa ham boʻladi. Ularning hammasi yaxshi himoyalangandi”, — deya taʼkidlaydi mutaxassis.

U vaksina bilan ikkinchi bor emlangandan keyin odam organizmida yuqori immun javob paydo boʻlishi, hamda katta miqdordagi “xotira hujayralari” shakllanishiga eʼtibor qaratdi. Bunday hujayralar patogen (COVID-19) bilan toʻqnash kelganda qisqa muddatda yetarli miqdorda antitanachalar ishlab chiqarar ekan.

“Sputnik V” vaksinasi Gamaleya nomli Epidemiologiya va mikrobiologiya milliy tadqiqot markazi tomonidan RFPI (Rossiya toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasi) koʻmagida ishlab chiqilgan dori vositasidir. Bu koronavirus infeksiyasi profilaktikasi uchun dunyoda birinchi boʻlib roʻyxatga olingan vositadir, deb xabar beradi RIA Novosti.