Xabaringiz bor, FIFA kunlari doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi 5-sentyabr kuni Osloda Shvesiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Sloveniyalik mutaxassis mazkur o‘yinga jami 23 nafar futbolchini jalb qilgan.

Tarkibga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, unda inqilobiy o‘zgarishlarni uchratmaysiz. Katanes ham boshlanishiga asosan so‘nggi paytlarda Vadim Abramovning kengaytirilgan ro‘yxatidan joy olib kelgan futbolchilarga ishonch bildirgan.

Eski yangilardan yana markaziy himoyachi Dostonbek Tursunovning terma jamoaga qaytganini aytish mumkin. To‘liq tarkib bilan quyida tanishasiz: