Bu haqda Sog'liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Bir paytlar ilg'or xorijiy mamlakatlar, keyinchalik asosan poytaxtda bajarilgan yuqori texnologik operatsiyalar, innovatsion diagnostika usullari endilikda hududlarda ham bosqichma-bosqich joriy etilyapti.

Xususan, keyingi 7 yilda:

— Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari soni — 10 tadan 25 taga;

— ularning hududiy filiallari 2 tadan 269 taga etkazildi.

Kasalliklarni davolash samaradorligini oshirish maqsadida 2017-2024 yillarda:

— diagnostika usullari — 70 tadan 547 taga;

— davolash usullari — 60 tadan 801 taga ko'paydi.