Sog‘liqni saqlash vazirligining yozishicha, qonunga ko‘ra, quyidagilar faqat shifokorning retsepti bo‘yicha tarqatiladigan dori vositalari, tarkibida giyohvandlik vositalari yoki psixotrop va (yoki) kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalari, O‘zbekiston tibbiyotida qo‘llanish uchun ruxsat etilmagan dori vositalari hamda SSV davlat ro‘yxatdan o‘tkazilmagan dori vositalari reklamasi mumkin emas.
Dori vositalarini reklama qilishda taniqli shaxslar, tibbiyot xodimlari yoki tashqi ko‘rinishi shifokorlarning tashqi ko‘rinishiga o‘xshash shaxslarning ishtirok etishi mumkin emas.
Reklamalarda olimlarning, tibbiyot xodimlarining tavsiyalaridan, shuningdek, alohida shaxslarning minnatdorligidan va reklama qilinayotgan dori vositalarining ta’siri haqidagi hikoyalaridan iborat bo‘lgan tavsiyalardan foydalanish ham taqiqlanadi.