Ayiq qizaloqqa zarar yetkazmagan. Hayvonot bogʻi xodimlari ayiqni ichki xonaga olib kirishga muvaffaq boʻlishgan.
Sogʻliqni saqlash vazirligi axborot xizmati qizaloqning holati boʻyicha quyidagilarni maʼlum qiladi:
2018-yilda tugʻilgan qizaloqqa dastlab hayvonot bogʻi hamshirasi birinchi yordam koʻrsatadi. Shundan soʻng tez yordam mashinasida soat 13:30 larda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib kelingan.
Qizcha shifoxonada barcha zarur tibbiy koʻriklardan zudlik bilan oʻtkazilgan.
U yengil shok holatida boʻlgan, balandlikdan yiqilish oqibatida ochiq bosh miya jarohati va bosh miya chayqalishi kuzatilgan. Hozirda uning ahvoli yaxshi, tibbiyot xodimlari nazoratida.