SSV tizimida 1000 dan ortiq manfaatlar toʻqnashuvi holatlari aniqlandi

    Joriy yilning iyul holatiga koʻra, Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimida moliya va iqtisodiyot sohasi boʻyicha faoliyat yurituvchi 1 280 nafar xodimda manfaatlar toʻqnashuvi va nepotizm holatlari aniqlandi.

    Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar bermoqda.

    Qayd etilishicha, shundan:

    • 134 tasi Ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, Respublika davolash-profilaktika muassasalari;
    • 347 tasi hududiy sogʻliqni saqlash boshqarmalari, tuman (shahar) tibbiyot boʻlimlari;
    • 796 tasi vazirlik tizimidagi boshqa tibbiyot va davolash-profilaktika muassasalari hamda tizim tashkilotlarida qayd etilgan.

    Jumladan, Virusologiya ilmiy tekshirishi instituti moliya-iqtisod boʻlimi boshligʻi N. A., va Andijon viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasining bosh hisobchisi G.G. oʻz boʻysunuvi va nazorati ostida qarindoshi bilan birgalikda faoliyat koʻrsatib kelgan.

    Ulugʻnor tumani tibbiyot birlashmasi bosh hisobchisi A.M. esa oʻz lavozimidan foydalangan holda yaqin qarindoshlarini katta hamshira lavozimiga va oʻzi ishlab turgan boʻlimga laborant vazifasiga ishga joylashtirgan.

    Taʼkidlanishicha, ushbu holatlar boʻyicha faoliyatida manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻygan xodimlarning mehnat shartnomasi bekor tugatilib, rotatsiya qilingan.

    Shuningdek, vazirlikning Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlimi tomonidan tizimli nazorat ishlari yoʻlga qoʻyilishi natijasida sohada 567 ta qonunbuzilish holati oʻz vaqtida bartaraf etilgan.