1930 yillarning boshlarida hukumat dalahovlilari joylashgan hududdagi Iosif Stalin yashagan mulk kimoshdi savdosida 403,49 million rublga sotilgan.
Lot 38,4 gektar yer uchastkasi va umumiy maydoni 3,8 ming kvadrat metr bo‘lgan ko‘chmas mulk ijarasini o‘z ichiga oladi. Yagona ko‘chmas mulk majmuasiga 2144,6 kvadrat metr maydonga ega bo‘lgan mulkning asosiy uyi, 711,7 kvadrat metr maydonga ega maʼmuriy bino, 686 kvadrat metr suzish havzasi va maydoni 243,7 kvadrat metr bombapana joylarini o‘z ichiga oladi.
Auksionda Consulting and Law masʼuliyati cheklangan jamiyati 403 490 000 rubl (taxminan 4,3 million dollar) taklifi bilan g‘olib chiqqan. Ushbu shirkat Krasnodar o‘lkasida ro‘yxatga olingani aytilmoqda.
Auksionda sotilgan mulk XIX asrda qurilgan, uning birinchi egasi savdogar va Moskvaning o‘sha paytdagi rahbari Aleksandr Alekseyev bo‘lgani aytiladi. 1917 yilgi inqilobdan so‘ng majmua egalaridan olib qo‘yilib, davlat hisobiga o‘tkaziladi.
Dastlab bu yerda maktab-internat tashkil etiladi. 1932 yilda mulk Stalinning yozgi dachasiga aylanadi. U xotini vafotidan keyin to Kunsevodagi yangi dachasi bitguniga qadar shu yerda yashagan.
1989 yilda binoda saraton kasalligiga chalingan bolalar uchun reabilitatsiya markazi ochildi. 2004 yil kuzida mulk rekonstruksiya uchun yopildi, ammo taʼmirlash ishlari tugatilmagan. OAVga ko‘ra, bino hozir tashlandiq holatda.