Prezidentimiz qarori asosida tashkil etilgan va loyiha qiymati 15 mlrd soʻm boʻlgan ushbu zamonaviy markaz jami 9 ta laboratoriya, uchrashuvlar va boshqaruv xonalaridan iborat.

Ozarbayjon Fan va taʼlim vazirligi tomonidan 551 ming AQSH dollari qiymatidagi zamonaviy laboratoriya hamda mebel jihozlari begʻaraz yetkazib berildi.

Markazda mavjud sharoitlar, qolaversa, bugun sovgʻa qilingan jihozlarning taʼlim sohasiga zamonaviy imkoniyatlar, yangiliklar olib kirish uchun ahamiyati katta.

Ushbu jihozlar yordamida maktabgacha va boshlangʻich sinf oʻquvchilari uchun oʻyinlashtirilgan oʻquv qurilmalari yordamida kreativ fikrlash qobiliyati rivojlantiriladi, 4 xil turdagi konstruksiyaviy toʻplamlar yordamida oʻquvchilarning robototexnika va IQ darajasi rivojlantiriladi, aviasimulyator laboratoriyasidagi ilgʻor texnologiyalarni qoʻllash orqali aerodinamika va parvoz nazariyasi hamda dronlar va sunʼiy yoʻldoshlar tuzilishi oʻrgatiladi, virtual laboratoriyada murakkab sohalarni xavfsiz muhitda oʻrganish imkoniyati yaratiladi.

Yana bir yangilik:

2025-yil iyun oyidan boshlab bosqichma-bosqich yozgi innovatsion oromgoh, iqtidorli maktab oʻquvchilari va oʻqituvchilari uchun “Yashil maskan” festivali, eko tizim uchun foydali startaplar hamda innovatsion ishlanmalar loyihalarini joriy etish rejalashtirilgan.