Stoltenberg Ukraina qachon NATOga a'zo bo'lishi mumkinligini aytdi

    NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Ukraina o'n yil ichida alyansga qo'shilishiga umid qilmoqda, deb yozadi Westfälische Nachrichten.

    “NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Ukraina yaqin o'n yil ichida harbiy alyansiga qo'shilishini istaydi”, deya uning so'zlaridan iqtibos keltiradi nashr.

    Stoltenberg “Kievni NATO ittifoqchisi sifatida ko'rishni istashini” qo'shimcha qildi.

    Ukrainaning NATOdagi missiyasi rahbari Natalya Galibarenko Ukraina 9-11-iyul kunlari Vashingtonda bo'lib o'tadigan alyans sammitida mamlakat NATOga a'zo bo'lishi borasida va'dalar berilishidan umidvor ekanini ma'lum qildi, deb xabar beradi ria.ru.