Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasi tomonidan Respublikamizda 3-dekabr “Xalqaro nogironlar kuni” sifatida keng miqyosda nishonlanishi hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan kuchli va manzilli ijtimoiy himoya siyosatining isbotidir.

Nogironligi bo'lgan shaxslarga ijimoiy yordam ko'rsatish xalqimizga singib ketgan ijobiy qadriyat sanaladi. Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasi ham bunday savobli ishlarga bosh qo'shgan holda “Samimiy tabassum” nomli tadbirni tashkillashtirdi.

Unda sana munosabati bilan yurtimizdagi qariyalar uyidan 15 ta, Toshkent shahridagi 22-nogironlik uyidan 20 ta bola olib kelinib, bepul stomatologik xizmat ko'rsatildi. Yordamga muhtoj yana  4 ta bola bepul operatsiya qilindi.