Uchrashuvda shuningdek S. Chakrabarti loyiha ofisining ekspertlari M.Beyns, J.Sleyter va E.Tempelman ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida avvalambor 2024-yilga mo‘ljallangan qo‘shma «Yo‘l xaritasi»ni amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar muhokama etildi. Xususan, mamlakatimizning xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish, «Mamlakat platformasi» faoliyati samaradorligini ta’minlash, 2024-yil sentyabr oyida ushbu platformaning navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazish, Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish masalalari ko‘rib chiqildi.
Shu bilan birga, Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotini sifat jihatidan takomillashtirgan holda yangi g‘oyalar bilan to‘ldirish, umuman, mazkur platforma samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha qo‘shma tashabbuslar muhokama etildi.
S.Chakrabartining loyiha ofisi mamlakatimizda biznes yuritish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va investitsiya muhitini yanada yaxshilash bo‘yicha o‘z takliflarini tayyorlashga tayyorligini bildirdi.
Uchrashuv yakunida qo‘shma «Yo‘l xaritasi»ni muvaffaqiyatli amalga oshirish yo‘lidagi sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish zarurligi alohida ta’kidlandi, deb xabar beradi Strategik islohotlar agentligi matbuot xizmati.