Agentlikning 2024-yilga moʻljallangan faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari, strategik islohotlarni amalga oshirish, shuningdek, hududlarni rivojlantirish dasturlari suhbatning asosiy mavzularidan boʻldi.
Sharlotta Adrian ushbu qarorda nazarda tutilgan keng koʻlamli chora-tadbirlarni yuqori baholadi va Yevropa Ittifoqi rejalarni amalga oshirishning har bir bosqichida ekspert-maslahat yordamini koʻrsatishga tayyorligini bildirdi.
Shuningdek Yevropa tomoniga SIA tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida, jumladan respublikaning bir qator tuman va shaharlaridagi foydalanilmayotgan imkoniyatlar va har bir tumanning qiyosiy afzalliklarini hisobga olgan holda iqtisodiy oʻsishning yangi nuqtalarini aniqlash boʻyicha oʻrganish ishlari haqida maʼlumot berildi. Shu jumladan Agentlik tomonidan ishlab chiqilgan, jumladan, hududlarni rivojlantirishni boshqarishning yangi tizimini yaratishni nazarda tutuvchi Prezident Farmoni loyihasi ham muhokama etildi.
Shu bilan birga, Yevropa tomoni 2024-yilda tarmoq idoralariga moliyaviy va texnik maslahat yordamini koʻrsatuvchi ikki va koʻp tomonlama hamkorlar bilan samarali hamkorlik qilish uchun yaratilgan “Mamlakat platformasi” kotibiyati funksiyasini qabul qilishga tayyorligini bildirdi, deb xabar beradi Strategik islohotlar agentligi matbuot xizmati.