Subsidiya asosida uy olib berishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi

    2 xonali uyni fuqaro Sh.H.ga goʻyoki subsidiya asosida olib berish evaziga fribgarlik qilgan.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro O.N. Navoiy shahrida qurilayotgan koʻp qavatli turar joylardan 2 xonali uyni fuqaro Sh.H.ga goʻyoki subsidiya asosida olib berish evaziga 400 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.