Subsidiya va ssuda arizalari jismoniy shaxslardan test rejimda quyidagi 3 ta yoʻnalishda qabul qilinmoqda.
1. Urugʻlik va koʻchatlar sotib olish uchun subsidiya (1 125 000).
2. Migratsiyadan kelgan shaxslarga qishloq xoʻjaligi kooperativlariga ustav fondi kiritish uchun subsidiya (3 750 000).
3. Kambagʻal oila aʼzolariga zarur asbob uskunalar uchun ssuda (18 750 000).
Mazkur mablagʻlardan foydalanish uchun asosiy talablar:
- Ijtimoiy himoya reyestri yoki kambagʻal oila reyestriga kiritilgan oila egasi yoki aʼzosi boʻlish;
- «Ishsizlar reyestrida« ishsiz deb eʼtirof etilgan boʻlish.