Toshkent shahri, Yangihayot tumanida yashovchi (ayol) 34 yoshli Ю.Д. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 1.720.00 soʻm miqdoridagi pul mablagʻlari nomaʼlum shaxs tomonidan firibgarlik yoʻli bilan oʻzlashtirilganini maʼlum qildi.
Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik boʻlinmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni Surxondaryo viloyati, Sherobod tumanida yashovchi 35 yoshli Х.М. sodir etganligi aniqlandi.
Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan Х.М., Ю.Д. bilan “Telegram” ijtimoiy tarmogʻi orqali tanishib, unga Subsidiya asosida uy olib berishni vaʼda qilib uni aldab, oldindan 1.720.000 soʻm miqdoridagi pullarni oʻtkazib olgan va yozishmalarni yuborib, aloqani uzib qoʻygan.
Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, Х.М.нинг sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Qonunga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5-yildan 8-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.