Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini taʼminlashga xizmat qilayotgan tizim

    Senat tomonidan Sudyalar oliy kengashining barcha aʼzolarini saylash tizimi yoʻlga qoʻyilgani sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini taʼminlashga xizmat qiladi.

    Senatning ushbu konstitutsiyaviy vakolati faqat nomzodlarni tasdiqlash bilan cheklanib qolmasligi kerakligi taʼkidlandi.

    Yuqori palata qoʻmitalarida nomzodlarning faoliyati bilan tanishish va baho berish, ular haqida xulosa berish amaliyotini yoʻlga qoʻyish maqsadga muvofiq.

    Shu bilan birga, sudyalarning maqomi va sudyalar hamjamiyati organlari faoliyatining huquqiy asosini, sud tizimini moliyalashtirish uchun mablagʻlar ajratishda ushbu hamjamiyatning ishtirok etish kafolatlarini alohida qonunlar bilan belgilaydigan vaqt kelgani qayd etildi.