Ochiq tanlov natijalari asosida Sudyalar oliy kengashining tegishli qaroriga muvofiq:
Nuriddinjon Yoqubovich Tojiboyev - Andijon viloyati fuqarolik ishlari boʻyicha Boʻston tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;
Xulkaroy Gʻopporovna Isakova - Andijon viloyati fuqarolik ishlari boʻyicha Izboskan tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;
Kamolxon Muhibilloyevich Xomidov - Namangan viloyati fuqarolik ishlari boʻyicha Chust tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;
Fazliddin Xudayberdiyevich Xidirov - Surxondaryo viloyati fuqarolik ishlari boʻyicha Qumqoʻrgʻon tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;
Farxod Abdullayevich Zakirov - Toshkent viloyati jinoyat ishlari boʻyicha Bekobod shahar sudining sudyasi lavozimiga;
Fazliddin Kutbiddinovich Ishanxodjayev - Toshkent viloyati jinoyat ishlari boʻyicha Yangiyoʻl shahar sudining sudyasi lavozimiga;
Dilnavoz Shaxabidinovna Bekmatova - Toshkent viloyati fuqarolik ishlari boʻyicha Ohangaron tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;
Avazjon Kenjayevich Paygʻamov - Toshkent viloyati Chirchiq tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimiga;
Toxirjon Tursunovich Salimov - Toshkent viloyati Oʻrtachirchiq tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimiga;
Anvar Turayevich Dusmurodov -Toshkent shahar jinoyat ishlari boʻyicha Sirgʻali tuman sudining sudyasi lavozimiga;
Ikrom Egamberganovich Rajabov - Toshkent shahar jinoyat ishlari boʻyicha Yangihayot tuman sudining sudyasi lavozimiga;
Mavlanjon Muxsinjonovich Muxitdinov - Toshkent shahar Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimiga;
Darmon Urazbayevna Eshimbetova - Toshkent shahar Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimiga;
Dilbar Abdusamatovna Xayrullayeva - Toshkent shahar Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimiga;
Parizod Zaxidjanovna Zakirova - Toshkent shahar Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimiga tayinlandi.
Qayd etilganlarning barchasi sudyalik lavozimida boʻlishning birinchi besh yillik muddatiga taylanganlar hisoblanadi.
***
Sudyalar oliy kengashining shu kungi yana bir qaroriga muvofiq:
Hasan Boltaboyevich Mamarasulov - sudyalik lavozimida boʻlishning navbatdagi oʻn yillik muddatiga Sirdaryo viloyat sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudyasi lavozimiga;
Shavkat Xalbayevich Shamshiyev - sudyalik lavozimida boʻlishning navbatdagi oʻn yillik muddatiga, shundan - besh yil muddatga Jizzax viloyati
jinoyat ishlari boʻyicha Zomin tuman sudining raisi lavozimiga;
Alisher Aralovich Qahharov sudyalik lavozimida boʻlishning navbatdagi oʻn yillik muddatiga, shundan - besh yil muddatga Qashqadaryo viloyati jinoyat ishlari boʻyicha Muborak tuman sudining raisi lavozimiga;
Soxibaxon Qodirjonovna Yulchiyeva - sudyalik lavozimida boʻlishning navbatdagi oʻn yillik muddatiga, shundan - besh yil muddatga Namangan viloyati fuqarolik ishlari boʻyicha Chust tumanlararo sudining raisi lavozimiga;
Ulugʻbek Nazirovich Oripov - sudyalik lavozimida boʻlishning navbatdagi oʻn yillik muddatiga, shundan - besh yil muddatga Fargʻona viloyati fuqarolik ishlari boʻyicha Fargʻona tumanlararo sudining raisi lavozimiga;
Lochin Maxmudovich Usarov - sudyalik lavozimida boʻlishning navbatdagi oʻn yillik muddatiga, shundan - Qashqadaryo viloyati fuqarolik ishlari boʻyicha Qarshi tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga tayinlandi.
Shuningdek:
Azamatjon Abdijabborovich Gʻapporov - sudyalik vakolati muddati davriga Andijon viloyat sudining jinoyat ishlari boʻyicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlannishi munosabat bilan Namangan viloyat sudining jinoyat ishlari boʻyicha sudyasi lavozimidan;
Begzod Shuxratovich Xaydarov - sudyalik vakolati muddati davriga Fargʻona viloyat sudining jinoyat ishlari boʻyicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlannishi munosabati bilan Fargʻona viloyati jinoyat ishlari boʻyicha Yozyovon tuman sudining raisi lavozimidan;
Raxmatjon Ergashovich Arapov - sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Fargʻona viloyati jinoyat ishlari boʻyicha Yozyovon tuman sudining raisi lavozimiga qayta tayinlanishi munosabati bilan Fargʻona viloyat sudining jinoyat ishlari boʻyicha sudyasi lavozimidan;
Iroda Taxirovna Mirzayeva - sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent viloyati fuqarolik ishlari boʻyicha Chirchiq tumanlararo sudi raisining oʻrinbosari lavozimiga qayta tayinlanishi bilan shu munosabati bilan Toshkent viloyati fuqarolik ishlari boʻyicha Chirchiq tumanlararo sudining sudyasi lavozimidan ozod etildi.
Sudyalar oliy kengashi
matbuot xizmati