“Sud va ommaviy axborot vositalari oʻrtasidagi konstruktiv muloqot” — yangi qoʻllanma chop etildi

    Mamlakatimizda 12 Fevral 2021 2251

    Qoʻllanmada sud ishlarida ochiqlikni taʼminlash, OAV xodimlari, blogerlarning sud organlari faoliyatiga oid axborotlarni olish, tarqatish bilan bogʻliq xalqaro va milliy qonun hujjatlaridan zarur koʻchirmalar toʻplangan.

    Kitobning ikkinchi boʻlimida sud majlislarini yoritishdagi protsessual tartib-taomillar, jurnalistlarning sud binosiga kirishi, sud majlisini qayd qilishiga oid qoidalar, ochiq va yopiq sud majlislarida ishtirok etish talablari, uni foto va video tasvirga olish, internetda namoyish etishdagi cheklashlar doirasi, sudlar faoliyatiga oid maʼlumotlarni olish tartibi yoritilgan.

    Sud jarayonini yoritish va OAV vakillarining ishtirokiga oid xorij tajribasi uchinchi boʻlimdan joy olgan boʻlib, unda AQSH, Germaniya, Gruziya kabi davlatlar qonunchiligi tahlil qilingan.

    Qoʻllanmaning toʻrtinchi boʻlimidan sud jarayonlarini OAVda yoritishga oid tavsiyalar, amaliyotda tez-tez uchraydigan holatlar yuzasidan savollar-javoblar oʻrin olgan.