Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Boysun tuman bo'limi tomonidan o'tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro G'.A. tumanning “Xo'jabulg'on” mahallasida joylashgan tuman hokimligi zaxirasidagi sug'oriladigan yer maydonining 20 sotix qismini noqonuniy egallab, qurilish ishlarini amalga oshirayotganligi aniqlangan.
Shu kabi, Departamentining Ko'kdala tuman bo'limi tomonidan o'tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro B.X. “B.M.” fermer xo'jaligiga qarashli 30 sotix sug'oriladigan yer maydonini o'zboshimchalik bilan egallab, qurilish ishlarini amalga oshirayotganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-1-moddasi (yer uchastkalarini o'z boshimchalik bilan egallab olish) bilan jinoyat ishlari qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.