Sug‘urta kompaniyalari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar natijalari e'lon qilindi

    2022-yilning 9 oyi yakuni bo‘yicha sug‘urtalovchilarning alohida bo‘linmalari tomonidan ko‘rsatilgan sug‘urta xizmatlari natijalari sarhisob qilindi.

    Oʼrganishlarga koʼra, hisobot davrida yigʼilgan 4,5 trillion soʼm sugʼurta mukofotining 2,9 trillion soʼmi yoki 66,3 foizi Toshkent shahri hissasiga toʼgʼri kelgan.

    Shuningdek, hisobot davri yakuniga koʼra, sugʼurta tovonlari (sugʼurta toʼlovi) miqdori 1,9 trillion soʼmni tashkil etib, 0,7 trillion soʼm umumiy sugʼurta sohasida hamda 1,2 trillion soʼm hayotni sugʼurta qilish sohasi boʼyicha mijozlarga toʼlab berilgan.