Qadimgi hayot izlariga oid ishonchli qazilma namunalari bundan 3,5 milliard yillar oldingi davrga tegishli bo'lib, asosan bakteriyalar – bir hujayrali mikroorganizlar to'plami ko'rinishiga ega.
Er va boshqa dunyodagi qadim tiriklik belgilarini odatda tadqiqotchilar qo'l tekkizilmagan qazilma qoldiqlari yoki biomolekulalardan izlaydi. Lekin ular juda kam uchraydi. endilikda tadqiqotchilar paydo bo'lishi noma'lum jinslardan tiriklikning qadimgi belgilarini aniqlab beradigan sun'iy intellektni ishlab chiqishdi. Bunda ming yillar davomida biomolekulalar parchalangandan so'ng qoladigan kimyoviy tarkibga asoslanadi.
"Qadimgi hayotdan qolgan molekulyar “sharpalar”ni aniqlaydigan usulimiz bor", deydi Karnegi ilmiy instituti geologi Robert Xayzen Proceedings of the National Academy of Sciences jurnalida e'lon qilingan maqolasida.
Tadqiqotchilar namunalarda qolgan belgilarni avtomatik tarzda aniqlaydigan mazkur metoddan foydalangan holda, hatto 3,3 milliard yoshdagi tog' jinslaridan ham topishlari mumkinligini tasdiqlaydi. Bunday yondashuvga moslashgan tadqiqotchilar hozirda Marsda va YUpiter hamda Saturn yo'ldoshlarida tiriklik belgilarini qidirish borasida ish olib bormoqda, deb xabar berdi vokrugsveta.ru.