Sunʼiy intellekt, robototexnika, dron, kiberxavfsizlik kabi yoʻnalishlarda “Oliygoh kubogi” tashkil etiladi

    Hukumat 14 Fevral 2025 1287

    Kelgusi oʻquv yilidan boshlab oʻquvchilar oʻrtasida muhandislik olimpiadalari va tanlovlarini oʻtkazish yoʻlga qoʻyiladi. Gʻolib boʻlgan bitiruvchi yoshlar texnika oliygohlariga grant asosida oʻqishga kiradi.

    Bugungi kunda fizika, kimyo, biologiya, texnologiya, muhandislik, matematika, bir soʻz bilan aytganda, STEM fanlarining ahamiyati tobora ortib bormoqda.

    Olmazor tumanida 10 ta maktabda muhandislik laboratoriyalari tashkil qilindi. Bugun ushbu labaratoriyalarda 2 ming oʻquvchi robototexnika va ilgʻor texnologiyalarni oʻrganmoqda.

    Barcha tumanlar hokimlariga bu tajribani oʻrganib, ommalashtirish, oʻz hududida 5 tadan maktabni shunday laboratoriyalar bilan jihozlash topshirildi.

    Toshkent davlat texnika, axborot texnologiyalari, kimyo-texnologiya, Turin, Inxa kabi 36 ta texnika oliygohi rektorlari sunʼiy intellekt, robototexnika, dron, kiberxavfsizlik kabi ixtirochilik yoʻnalishlarida “Oliygoh kubogi”ni eʼlon qiladi. Eng yaxshi startap loyihalari tijoratlashtiriladi.