Tizim odamning keyingi 10 yil ichida sog'lig'i bilan bog'liq muammolarga duch kelishini baholashga qodir.
Tadqiqotni Oksford universiteti olimlari olib borishdi. Ularning fikricha, zamonaviy texnologiyalar minglab odamlarning hayotini saqlab qolishi mumkin.
Bemorlarda arteriyalarning tiqilib qolishi yoki torayishini aniqlash uchun kompyuter tomografiyasi qo'llaniladi. Buyuk Britaniyada har yili taxminan 350 ming kishi ushbu jarayondan o'tadi. Ammo tadqiqot yetarlicha aniq bo'lmasligi mumkin.
Tadqiqotchilarning xulosasiga ko'ra, ko'krak qafasidagi og'riqlar bilan kasalxonaga kelgan ba'zi bemorlarga kasalxonaga yotqizish uchun sabab topilmaydi. Ular uyga jo'natiladi, ammo kelajakda ularning yurak xurujiga duchor bo'lish xavfi yuqori. Sun'iy intellekt yurak-qon tomir tizimining holati haqida to'liqroq ma'lumot beradi.
“Shifokorlarga xavf haqida aniq ma'lumot berish yurak xastaligi bilan og'rigan ko'plab bemorlarni davolash kursini o'zgartirishi va yaxshilashi mumkin”, dedi olimlar.
Tadqiqotchilar 2,7 yil davomida 40 000 dan ortiq bemor ma'lumotlarini tahlil qilishdi. Sun'iy intellekt vositasi 3393 bemorning ma'lumotlarini ko'rib chiqdi va yurak xuruji xavfini aniq bashorat qila oldi. Shundan so'ng shifokorlarga 744 nafar bemor uchun sun'iy intellekt tomonidan yaratilgan xavf baholari taqdim etildi va 45 foiz holatda davolash usuli o'zgartirildi, deb xabar beradi mir24.tv.