Tashrif davomida mezbonlar mutaxassislarni “Alem” maktab faoliyati bilan tanishtirib, mahalliy startaplar faoliyati va Astana Hub qoʻllab-quvvatlash dasturlari haqida soʻzlab berdi.
Tomonlar mamlakatlar oʻrtasida startap ekotizimni shakllantirish, IT va texnologik startaplarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha oʻzaro hamkorlik masalalarini kelishib olishdi.
Ikki davlat mutaxassislari davlat boshqaruviga sunʼiy intellektni joriy etish sohasida doimiy asosda tajriba almashadilar.
— Hamkorlik orqali ikki davlatning ham startap ekotizimi rivojlanib, gʻoya va mahsulotlar transformatsiyasi ham yoʻlga qoʻyiladi. Qolaversa bu yosh olimlar tomonidan ishlab chiqilayotgan innovatsion loyihalar asosida yaratilayotgan mahsulotlar kirib boradigan bozorlar hajmini yanada oshirishga imkon beradi, — deydi Vazirlik boshqarma boshligʻi Firdavs Nematzoda.
Bu haqida Innovatsion rivojlanish vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.